Har qanday tilni (birinchi, ikkinchi yoki uchinchi til bo‘lishidan qat’i nazar) o‘zlashtirish jarayoni 6 bosqichdan o‘tadi.
🔹 Pre-Production
O‘quvchining “jim davri” — ko‘proq tinglaydi, lekin hali gapirmaydi.
➖ O‘quvchini gapirishga majburlamang — bu bosqich tabiiy va zarur.
➖ Vizual yordamchilar (rasmlar, imo-ishoralar, real predmetlar) orqali tushunishni qo‘llab-quvvatlang.
➖ “Total Physical Response (TPR)” usulidan foydalaning — o‘qituvchi gapiradi, o‘quvchi harakat bilan javob beradi.
➖ “Yes/No”, “Point to…”, “Show me…” kabi soddalashgan buyruqlarni ishlating.
➖ O‘quvchining tinglab tushunish qobiliyatini baholang, gapirishni emas.
🔹 Early Production
O‘quvchi qisqa iboralar, ikki-uch so‘zli gaplar bilan javob beradi.
➖ Savollarni soddalashtiring: “Who?”, “What?”, “Where?” kabi.
➖ “Sentence frame”lardan foydalaning: “I like _.”, “I see a _.”, “This is my ___.”
➖ Rag‘batlantiring: har qanday urinishni ijobiy baholang.
➖ Guruhli faoliyatlar (pair work) orqali o‘quvchilar bir-biridan o‘rganishsin.
➖ Grammatik xatolarga e’tibor bering, lekin ularni to‘g‘rilashga shoshilmang, tabiiy o‘sish jarayoni davom etmoqda.
🔹 Speech Emergence
O‘quvchi oddiy gaplar bilan fikr bildiradi, kontekst orqali tushunishni yaxshilaydi.
➖ Roll o‘yin va dialog mashqlari kiriting.
➖ Yangi so‘zlarni kontekstda o‘rgating, alohida yodlatmang.
➖ Qisqa hikoyalar, videolar yoki o‘yinlar orqali so‘z boyligini kengaytiring.
➖ O‘quvchini mustaqil savollar berishga undang.
➖ Tinglab tushunish mashqlari bilan bir qatorda yozma mashqlarni ham kirita boshlang.
🔹 Beginning Fluency
O‘quvchi tanish mavzularda erkinroq so‘zlashadi.
➖ Munozaralar tashkil qiling.
➖ Grammatikani kontekst asosida o‘rgating, “qoidani emas, qo‘llanish” ga urg‘u bering.
➖ O‘quvchini fikr bildirish, taqqoslash, sabab keltirishga o‘rgating.
➖ O‘quvchilarni refleksiyaga jalb eting: “Bugun men nimalarni o‘rgandim?” kabi.
➖ O‘qish (reading) faoliyatini kuchaytiring. Bu bosqichda lug‘at kengayishi uchun muhim.
🔹 Intermediate Fluency
O‘quvchi murakkabroq fikrlarni ifodalay oladi, tahliliy fikrlash paydo bo‘ladi.
➖ Yozma tahlil ishlarini kiriting: insho, sharh, fikr bildiruvchi paragraf.
➖ Iboralar va madaniy iboralarni tushuntiring, ularni amaliy mashqlarda qo‘llang.
➖ Autentik materiallar — maqolalar, podkastlar, intervyularni ishlating.
➖ Loyihaviy ta’lim usulini qo‘llang. O‘quvchi mustaqil izlanadi va natijani taqdim etadi.
➖ O‘quvchilarni bahs-munozaraga jalb eting, bu ravonlikni rivojlantiradi.
🔹 Advanced Fluency
O‘quvchi deyarli erkin, tabiiy so‘zlaydi, idiomatik ifodalardan foydalanadi.
➖ O‘quvchini akademik nutqga tayyorlang: ilmiy maqola, taqdimot, rasmiy yozishmalar.
➖ Madaniy tafovutlarni muhokama qiling.
➖ O‘quvchilarni til ustida refleksiya qilishga undang: “Qanday so‘z yoki ifoda menga eng ko‘p yordam berdi?”
➖ Badiiy asarlar, kinolar, podkastlar orqali stilistik tafovutlarni tahlil qildiring.
➖ Chet tilida ijodiy yozuv (creative writing) mashqlarini rag‘batlantiring.
🔹 Umumiy tavsiyalar
➖ Har bir o‘quvchi tilni o‘zlashtirish tezligida individual farqqa ega bosqichlarni qat’iy muddat bilan o‘lchamang.
➖ Har bosqichda til va madaniyat integratsiyasini ta’minlang.
➖ O‘quvchi xatolarini “rivojlanish belgisi” sifatida qabul qiling, jazolash yoki keskin to‘g‘rilashdan saqlaning.
➖ “Tilni o‘rganish” emas, “til orqali fikrlash”ni o‘rgatish yakuniy maqsad bo‘lishi kerak.
