R A Q A M L I
T A L I M
TRM

“O‘giril va gapir” o‘yini

Bu mavzu bo‘yicha fikrlarni ifodalash uchun o‘quvchilarga qo‘llab-quvvatlovchi o‘zaro muloqotlar beriladigan og‘zaki tilni rivojlantirish strategiyasidir. 

📚 Ular ushbu fikrlarni boshqalar bilan bo‘lishishi mumkin. Bu usulda barcha o‘quvchilar xavfsiz muhitda o‘z fikrlari bilan bo‘lishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

O‘qituvchining roli o‘quvchilarning sherikligi tasodifiy emas, balki strategik ekanligiga ishonch hosil qilishdir. 

Metodni o‘tkazish bosqichlari quyidagilardan iborat:

Savol yoki topshiriq berish. O‘qituvchi butun sinfga muhokama uchun qisqa savol, fikr yoki muammoli vaziyat beradi. 

Bu savol mavzuga oid, qiziqarli va o‘quvchilarning fikrini uyg‘otadigan bo‘lishi kerak. 

Masalan: “Hikoya davomini tahmin qiling, keyin qanday voqealar sodir bo‘ladi?”

O‘girilish. O‘quvchilar yonidagi sherigiga qarab o‘giriladi. Bu harakat jismoniy va psixologik tayyorgarlikni bildiradi.

Gapirish. Har bir o‘quvchi o‘z fikrini sherigiga aytadi, so‘ng sherigining fikrini eshitadi. 

Muloqot 1–2 daqiqa davom etadi. O‘qituvchi vaqtni cheklaydi va muvozanatni saqlaydi.

Ulashish (Ixtiyoriy bosqich). O‘qituvchi ayrim juftliklardan umumiy sinfga o‘z fikrlarini aytib berishlarini so‘rashi mumkin. 

Bu bosqich orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini keng auditoriyada bayon qilishga o‘rganadi.