R A Q A M L I
T A L I M
TRM

🏐 “Sakrovchi to‘p” mashg‘uloti

Maqsad: o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, tez o‘ylashga va g‘oya topishga o‘rgatish. Bu o‘yin orqali ular bir-birining fikrlarini davom ettirish va g‘oyalarni bog‘lashni mashq qiladilar.

Tayyorlov bosqichi:

➖ Sinfni 4–6 kishilik kichik guruhlarga bo‘ling.

➖ Har bir guruhga bitta yumshoq to‘p bering.

Har bir guruhda bir kotib bo‘lsin — u g‘oyalarni doskaga yoki katta karton varaqqa yozadi.

Jarayon bosqichlari:

➖ Guruh a’zolari doira shaklida turishadi.

➖ O‘qituvchi: “Endi to‘pni bir-biringizga oting” deydi.

➖ To‘pni tutgan kishi biror tasodifiy so‘z aytadi (masalan: “yomg‘ir”).

➖ Keyingi to‘pni tutgan kishi dars mavzusiga bog‘liq so‘z aytadi (masalan: “tabiat”, agar dars tabiat haqida bo‘lsa).

➖ Yozuvchi bu ikki so‘zni yonma-yon yozadi: “yomg‘ir + tabiat”

➖ Endi guruhdagi hamma shu ikki so‘zdan ilhomlanib yangi g‘oyalar o‘ylaydi.

Masalan: “Yomg‘irdan so‘ng tabiat uyg‘onadi”, “Ekologiya haqida hikoya yozamiz”, “Yomg‘ir tomchilari haqida she’r” va h.k.

➖ So‘ng to‘p yana boshqa odamga otiladi va jarayon qaytadan boshlanadi.

Muhokama (Dars yakunida)

Har bir guruhga quyidagicha savollar beriladi:

➖ Qaysi g‘oyalar samarali deb o’ylaysiz?

➖ Qaysi so‘z kombinatsiyasi eng qiziq bo‘ldi?

➖ Nimalarni o‘rganishdi yoki nimalar oson/qiyin bo‘ldi?