📖 Lug‘at mashqlari
Ushbu o‘qitish strategiyasida o‘qituvchi so‘z yoki gap aytadi, o‘quvchilar esa uni qaytaradi. Keyingi safar o‘qituvchi ko‘rsatmani o‘zgartirsa, o‘quvchilar o‘qituvchiga ergashadi.
Bu mashq va amaliyot deb ataladi, chunki bilim yoki ko‘nikmalar qayta-qayta mashq qilish orqali shaklllanadi. Bu yangi tillarni, imloni hatto ayirish yoki qo‘shish kabi matematik funksiyalarni o‘rganish uchun yaxshi variant bo‘lishi mumkin.
Lug‘at mashqlarini o‘tkazish bosqichlari:
🔹 So‘zlarni tanlash. Yangi mavzuga oid 8–15 ta asosiy so‘z tanlanadi. So‘zlar daraja, yosh va mavzuga qarab belgilanadi.
Masalan: “Animals” mavzusi uchun lion, tiger, elephant, tail, claws, roar va h.k.
🔹 So‘zlarni taqdim etish. O‘qituvchi so‘zlarni talaffuz qiladi, o‘quvchilar qaytaradi (choral repetition).
So‘zlar yozuvi, tarjimasi, rasmlari bilan tushuntiriladi. Har bir so‘z misol jumlada qo‘llaniladi.
🔹 Faol takrorlash va o‘yinlar. So‘zlarni takrorlash uchun quyidagi o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi:
➖ Fleshkardlar: Rasmli va so‘zli kartochkalar orqali o‘rganish.
➖ Moslashtirish: So‘z va ma’noni moslashtirish.
➖ Gap to‘ldirish: Bo‘sh joyga to‘g‘ri so‘zni qo‘yish.
➖ “Say the word when I clap” – o‘qituvchi imo-ishora ko‘rsatadi, o‘quvchi so‘z aytadi.
➖ “Guess the word” – ta’rif beriladi, so‘zni topish kerak.
➖ So‘z zanjiri: “Dog → green → nose → egg...” kabi so‘zlar ketma-ket aytiladi.
➖ Raqobat asosidagi o‘yinlar: Kahoot, Quizizz, yoki guruhli bellashuvlar.
🔹 Qo‘llash va yozma mashqlar. So‘zlar bilan gaplar tuzish, qisqa hikoya yozish, lug‘at daftari yuritish, har bir so‘zga tarjima, talaffuz, rasm yoki sinonim yozish tavsiya etiladi.
🔹 Baholash va mustahkamlash. Dars oxirida test, so‘z eslash musobaqasi yoki diktant o‘tkaziladi. O‘quvchilarning faol ishtiroki baholanadi, eng yaxshi eslab qolganlar rag‘batlantiriladi.
