Bolalar bilan kuzgi ranglarni o‘rganish, dars mashg’ulotlari oldidan tanani qizdirish uchun ajoyib o’yin bilan tanishamiz. Bu o‘yin nafaqat ranglarni tanib olishni o‘rgatadi, balki bolalarning e’tibor, tinglash va harakat ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.
🧩 Kerakli materiallar:
• Rangli barg shakllari (yoki ularning rasmlari)
• Oq karton yoki printer qog‘ozi
• Skotch (barglarni polga yopishtirish uchun)
• Musiqa 🎶
🎯 O‘yin qoidalari:
1. Rangli barglarni polga yopishtiring (qizil, sariq, yashil, jigarrang va hokazo).
2. Musiqa qo‘ying — bolalar bargdan bargga sakraydi, yuradi yoki raqsga tushadi.
3. Siz (yoki bir bola) rang nomini aytasiz:
👉 “Qizil!” – bolalar tezda qizil barg ustiga sakraydi va musiqa to’xtagan paytda “STOP!” buyrug’i beriladi vas hu tarzda davom ettiriladi.
4. Har safar boshqa rangni chaqiring!
🌟 Qo‘shimcha variantlar:
• Har bir bargga harf yoki raqam yozish ham mumkin.
❤️ Foydasi:
• Eshitish va tez reaksiya qilish .
• Koordinatsiya va jismoniy faollik .
• Qiziqarli muhitda o‘rganishga yordam beradi.
