Bu eng yaxshi interaktiv o‘qitish usullaridan biri bo‘lib, bunda o‘qituvchi va o‘quvchilar sinfda mavzu yuzasidan fikr almashishadilar.
"O‘qituvchilar munozaralarni ma'ruzadan ko‘ra, tegishli mavzularni o‘rganish va mavzuga chuqurroq kirib borishning qiziqarli usuli sifatida qarashadi."
Sinfdagi bahs-munozarada qatnashish o‘quvchilarga tanqidiy fikrlash, tashkilotchilik, tadqiqot, taqdimot qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini o‘rgatadi.
"Ushbu munozara doirasidan foydalangan holda siz o‘z sinfingiz bilan har qanday mavzuda bahslashishingiz mumkin."
“Sinf munozarasi” metodini o‘tkazish tartibi:
Muammoni belgilash. Munozarani boshlashdan avval o‘quvchilarda muammoni tushunish, unga bo‘lgan qiziqish, fikrlashga tayyorlik holati shakllantiriladi.
Guruhlarga bo‘lish va rollarni taqsimlash. O‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi.
Har bir guruh ishtirokchilariga rollar belgilanadi. O‘qituvchi munozarada kutilyotgan ishtirok shakllari, faoliyat yo‘nalishlari va har bir rolning mas’uliyatini tushuntiradi.
Kichik guruhlarda muammoni muhokama qilish. Har bir guruhda quyidagi rollar bo‘yicha vazifalar taqsimlanadi:
Yetakchi – muhokamani boshqaradi, tartibni saqlaydi;
Tahlilchi – muammoning mohiyatini tahlil qiladi, asosiy fikrlarni ilgari suradi;
Bayonnoma yurituvchi – fikrlarni yozib boradi;
Kuzatuvchi – guruhdagi faoliyatni tahlil qiladi, baholaydi.
Guruh natijalarini taqdim etish. Har bir guruh ichidan bitta vakil chiqib, sinfga o‘z guruhining asosiy xulosalari va takliflarini bayon qiladi. Bu taqdimotlar boshqa guruhlar uchun ham tahliliy bahs-munozara boshlanishiga turtki bo‘ladi.
Umumiy muhokama va yakuniy xulosa. Barcha guruhlar ishtirokida umumiy fikr almashinuvi o‘tkaziladi.
O‘qituvchi munozarani yakunlab, asosiy g‘oyalarni umumlashtiradi, muhim xulosalarni ta’kidlaydi va kerak bo‘lsa, mustaqil ishlash uchun savollar beradi.
O‘quvchilar so‘zlashuvida ko‘makchi iboralar:
Fikr bildirish: Menimcha…, Mening fikrimcha…
Qarshi chiqish: Men bu fikrga qo’shilmayman, chunki… Boshqa tarafdan,…
Rozi bo‘lish: Bu fikrga qo’shilaman…, Xuddi shunday…
