1-mavzu · Internetdagi firibgarlik va aldovlardan himoyalanish

Kiberxavfsizlik o'yini

Umumiy progress 0% · 0/16 topshiriq
01
1-bosqich

“Detektiv”: tahdidlarni aniqlash

Quyidagi vaziyatlarni diqqat bilan o‘qing. Har bir vaziyatga mos tahdid turini aniqlang va jadvaldagi bo‘sh joyga yozing.
Tezkor viktorina

“To'g'ri yoki noto'g'ri?”

Quyidagi jumlalarni o‘qing va ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini belgilang.
02
2-bosqich

“Himoya uchburchagi”: mantiqiy tahlil

Kiberxavfsizlikda “Himoya uchburchagi” uchta asosiy tushunchadan iborat: maxfiylik, butunlik va foydalanish imkoniyati. Quyidagi izohlarni o‘qing va har biriga mos tushunchani tanlang.
tanlang... — shaxsiy rasmlaringiz, parollaringiz va boshqa ma’lumotlaringizni begonalardan himoya qilish. Ya’ni bu ma’lumotlar faqat sizga yoki ruxsat berilgan shaxslarga tegishli bo‘lishi kerak.
tanlang... — ma’lumotlarning buzilmasligi, o‘zgartirilmasligi yoki soxtalashtirilmasligi. Masalan, zararli dastur fayllaringizni buzib yubormasligi kerak.
tanlang... — kerakli vaqtda o‘z akkauntingiz, fayllaringiz yoki qurilmangizdan foydalana olish. Masalan, tovlamachi dasturlar fayllaringizni yopib qo‘ymasligi kerak.
↓ Mavjud tushunchalar — bittasini tanlang, keyin bo‘sh joyga bosing
💡 Yordamchi savollar

Har bir tushunchani oddiy hayotiy misollar orqali o‘ylab ko‘ring:

  • Kundaligingizni boshqa hech kim o‘qiy olmasligi qaysi tushunchaga mos keladi?
  • Uy vazifangizni virus buzib tashlamasligi qaysi tushunchaga mos keladi?
  • Telefon raqamingiz yoki akkauntingizdan kerakli vaqtda faqat o‘zingiz foydalana olishingiz qaysi tushunchaga mos keladi?
03
3-bosqich

“Algoritm”: amaliy harakat

Asosiy qoida

Agar sizga shubhali havola kelsa, “To‘xtang — Tekshiring — Murojaat qiling” qoidasiga amal qilish kerak.

Quyidagi harakatlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring — kartochkalarni yuqori-pastga sudrab oling.
  • ⋮⋮ ? Noma’lum havolani ochmasdan, ma’lumotni rasmiy sayt, ota-ona yoki o‘qituvchi orqali tekshirish.
  • ⋮⋮ ? Vaziyat haqida ota-onangizga yoki o‘qituvchingizga xabar berish.
  • ⋮⋮ ? Shoshilmaslik, hissiyotga berilmaslik va havolaga bosishni to‘xtatish.
+
Qo‘shimcha topshiriq

O'z hayotingizdan misol keltiring

Telefoningiz yoki kompyuteringizga shubhali xabar, havola yoki reklama kelganmi? O‘sha vaziyatda qanday yo‘l tutgan edingiz?

Agar hali bunday vaziyatga duch kelmagan bo‘lsangiz, shunday holatda qanday harakat qilishingizni uch qadamda yozing.

1-qadam:
2-qadam:
3-qadam:
📖
O‘qituvchi uchun

Eslatma

Ushbu topshiriqlar o‘quvchilarda shubhali xabar, havola va soxta takliflarni tanib olish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga tahdidlarni faqat nazariy bilish emas, balki real vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish muhimligi tushuntiriladi.

Dars yakunida quyidagi qoida eslatib o‘tiladi:

★ Asosiy qoida
Shubhali xabar yoki havolaga duch kelsangiz, avval to‘xtang, keyin tekshiring va zarur bo‘lsa, ishonchli kattaga murojaat qiling.
🎉

Tabriklaymiz, chinakam detektiv!

Siz barcha topshiriqlarni bajardingiz va kiberxavfsizlik bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirdingiz.