18 – AMALIY KEYS: Sun'iy intellekt texnologiyalari asosida strategik qarorlar qabul qilish

Vaziyat

Maktab yangi pedagoglarni ishga qabul qilish jarayonini tezlashtirish maqsadida sunʼiy intellekt asosidagi rezyume saralash tizimini ishga tushiradi. Tizim barcha arizalarni avtomatik baholab, “eng mos 10 nafar nomzod” roʻyxatini shakllantiradi. Dastlab vaqt tejash, jarayon tezlashgan imkoniyatlari va byurokratiya kamaygandek tuyuladi. Ammo bir muddat oʻtgach, direktor natijalarda gʻalati takrorlanishni sezadi.

Sunʼiy intellekt doim yosh nomzodlarni yuqoriga, katta yoshdagilarni pastga joylashtirgan, ayol nomzodlarning aksariyati esa “past moslik” deb baholangan. Tizim pedagogning sifatini baholashda “raqamli kompetensiya” mezoniga haddan tashqari katta vazn bergani, dars berish metodikasi yoki auditoriya bilan ishlash tajribasiga esa yetarlicha eʼtibor bermagani maʼlum boʻladi. Eng muhim muammo tizim qarorlari izohlanmagan, yaʼni nima uchun bunday baho qoʻyilgani tushuntirilmagan.

Natijada direktor oldida muhim savol paydo boʻladi avtomatlashtirilgan jarayon tezlik berayotgan boʻlsa-da, qarorlarning adolatli va shaffof ekani qanchalik kafolatlanmoqda?

Qaror qabul qilishga oid savollar

1
SI tizimining yosh va gender boʻyicha notoʻgʻri saralashiga nima sabab boʻlishi mumkin?
2
SI qarorlarining izohlanmasligi sharoitida, rahbar tizimning qaysi jihatlari boʻyicha qoʻshimcha tekshiruv yoki auditni boshlashi kerak?
3
Tizimdagi tarafkashlik (bias) belgilari aniqlangan taqdirda, rahbar SIʼdan foydalanishni vaqtincha toʻxtatishi kerakmi yoki monitoring jarayonini davom ettirib, qoʻshimcha tekshiruv bilan ishlashi kerakmi?
4
Kadrlarni tanlashda SI faqat yordamchi boʻlishi uchun qanday ikki mexanizmni joriy etish mumkin?
5
SI jarayonida tenglik, adolat va shaffoflikni taʼminlash uchun maktabning ichki siyosatiga qanday oʻzgarishlar kiritilishi lozim?