14 – AMALIY KEYS: TIMSS bo'yicha fanlar kesimida uzilishlar aniqlangan maktab

Vaziyat

Maktabda TIMSS mezonlariga tayangan holda 4- va 8-sinf oʻquvchilariga diagnostik testlar oʻtkaziladi. Natijalar matematika boʻyicha “bilish” (knowing) darajasida yuqori boʻlsada, “qoʻllash” (applying) va “mulohaza yuritish” (reasoning) darajalarida past natijalar koʻrsatiladi. Oʻqituvchilar darslarni asosan mavzuni tushuntirish va misol yechish bilan cheklab, real hayot bilan bogʻliq masalalar yoki mantiqiy tahlil talab qiladigan topshiriqlarga kam vaqt ajratgan.

Tahlilda yana shunday aniqlanadiki, ayrim sinflarda laboratoriya ishlari, tajribalar va oʻquv qurollaridan foydalanish minimal darajada. Direktorga taqdim etilgan hisobotlarda esa faqat “oʻrtacha ball” aks ettirilgan, TIMSSning kontent va kognitiv domenlari boʻyicha tahlil yoʻq. Bu holat fan birlashmalarida “qayerda uzilish bor?” degan strategik savolga aniq javob boʻlmasligiga olib keladi.

Qaror qabul qilishga oid savollar

1
TIMSSning kontent va kognitiv domenlarini hisobga olmaslik qaysi boshqaruv xatolariga olib keladi?
2
“Bilish” darajasi yuqori boʻlsa-da, nega “qoʻllash” past boʻlib chiqishi mumkin?
3
Darslarda laboratoriya, tajriba va real vaziyat topshiriqlari ulushini oshirish uchun qanday ikki mexanizm joriy qilish mumkin?
4
Fan birlashmalarida TIMSSga mos tahlil qanday tashkil qilinishi kerak?
5
Ichki diagnostikani TIMSS strukturasiga moslashtirish uchun 3 ta indikator taklif qiling.