10 – AMALIY KEYS: Stressga bardoshlilik va emotsional toliqishni bartaraf etish
Vaziyat
Maktabda sodir boʻlgan oddiy bir dars jarayoniga oid norozilik ota-ona tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi mahalliy guruhga joylanadi. Post qisqa vaqt ichida tarqalib, izohlarda maktab rahbariyati tanqid qilina boshlaydi. Baʼzi izohlar boʻrttirilgan, ayrimlari esa shaxsiy hujum tusini oladi.
Direktor tarmoqdagi yozuvlarni kechasi bilan oʻqib chiqadi, ularni professional tanqid emas, balki shaxsiy baho sifatida qabul qiladi. Ertasi kuni jamoa yigʻilishlarida keskin ohangda gapiradi, topshiriqlarni ham tarang holatda beradi. Natijada oʻqituvchilar ham oʻzini bosim ostida his qiladi.
Bir hafta ichida rahbarda hissiy charchoq, xavotir va oʻziga past baho belgilari kuchayadi. Oʻrganishlar shuni koʻrsatadiki, rahbar ijtimoiy tarmoqdagi tanqidlarni stress filtrisiz qabul qilgan, hissiyotlarini boshqara olmagan va jamoa bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻymagan. Emotsional pauza qilinmagani va stressni boʻlishmaslik rahbarning bosimini yanada kuchaytirgan.