8 – AMALIY KEYS: Pedagoglar bilan ishlashning zamonaviy boshqaruv modellari
Vaziyat
Maktabda soʻnggi yillarda barcha qarorlar faqat direktor tomonidan qabul qilinib kelmoqda. Pedagoglar majlislarda fikr bildirishdan choʻchiydi, dars jarayonidagi muammolarni ochiq aytmaydi, metodik yigʻilishlar esa faqat hisobot eshitish bilan cheklanadi.
Buning natijasida jamoada passivlik kuchayadi: yangi metodikalar boʻyicha tashabbuslar kamayadi, ochiq darslar kam oʻtkaziladi, malaka oshirishga qatnashish faqat “reja uchun” bajariladi.
Bir necha oʻquv yili davomida oʻquvchilarning natijalari oʻrtacha darajada qolib ketadi. Tuman boʻlimi monitoringida aniqlanadi: maktabda pedagoglar bilan ishlashning zamonaviy boshqaruv modellari kouching, mentorlik, professional hamjamiyatlar, rivojlantiruvchi baholash, amaliy treninglar va refleksiya tizimlari deyarli yoʻlga qoʻyilmagan.
Asl muammo:
Asl muammo shundaki, rahbarning buyruqboz va biryoqlama boshqaruvi sabab pedagoglarda tashabbus, ijodkorlik va kasbiy oʻsishga ichki motivatsiya sustlashgan.
Qaror qabul qilishga oid savollar
01
Direktorning mavjud boshqaruv yondashuvi pedagoglar faolligining pasayishiga qanday taʼsir koʻrsatgan?
02
Kouching, mentorlik va professional hamjamiyatlar tizimi bo‘lganida, pedagoglarning passivligi qanday oldini olishi mumkin edi?
03
Metodik yig‘ilishlarni “hisobot yig‘ilishi”dan samarali o‘rganish platformasiga aylantirish uchun rahbar nimalarni joriy qilishi kerak?
04
Pedagoglarning tashabbussizligi va ijodkorlikning pasayishiga qarshi qaysi zamonaviy motivatsion mexanizmlar eng samarali bo‘ladi?
05
Kelgusida maktabda “hamkorlikka asoslangan boshqaruv” madaniyatini shakllantirish uchun qanday tizimli choralar ko‘rish zarur?