6 – AMALIY KEYS: Liderlik kompetensiyalari va xodimlarni motivatsiyalashning innovatsion usullari
Vaziyat:
Maktabda bir necha yildan beri ishlayotgan tajribali oʻqituvchilar va yaqinda ish boshlagan yosh pedagoglar oʻrtasida masofa ortib bormoqda. Tajribali oʻqituvchilar yangiliklarni sekin qabul qiladi, yoshlar esa oʻz takliflarini bildirishdan choʻchiydi. Direktor bu holatni “avlodlar farqi” deb baholab, aralashmaydi. Vaqt oʻtib jamoada norasmiy guruhlar shakllanadi, metodik yigʻilishlarda keskinlik kuchayadi, yosh pedagoglar oʻzini chetda his qilishi sabab tashabbus koʻrsatmay qoʻyadi. Oʻqituvchilar oʻrtasidagi boʻlinish pedagogik jarayon sifatiga ham salbiy taʼsir koʻrsata boshlaydi.
Tekshiruv jarayonida vaziyatning ildizi rahbarning jamoani birlashtirish, ochiq muloqot oʻrnatish, qoʻllab-quvvatlash va motivatsiya boʻyicha yetarli liderlik choralarini koʻrmagani bilan bogʻliq ekani aniqlanadi.
Qaror qabul qilishga oid savollar
-
1
Rahbarning vaziyatni “tabiiy jarayon” deb baholab, aralashmagani liderlik nuqtayi nazaridan qaysi xatolarga olib keldi?
-
2
Jamoada boʻlinish sabablari (psixologik, tashkiliy, kommunikatsion)ni aniqlash uchun rahbar qaysi vosita va metodlardan foydalanishi mumkin?
-
3
Tajribali va yosh pedagoglar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish uchun qaysi innovatsion motivatsiya va qoʻllab-quvvatlash usullari samarali boʻladi?
-
4
Jamoada ishonchni tiklash uchun direktor qanday kommunikatsion va liderlik strategiyalarini qo‘llashi kerak?
-
5
Kelgusida jamoaning “ikki qatlamli” bo‘lib qolmasligi uchun maktabda qanday barqaror mexanizmlar (mentorlik, umumiy loyiha guruhlari, ochiq muloqot platformalari, e’tirof tizimi)ni joriy etish zarur?