Maktabda bir necha yildan beri iqtidorli oʻquvchilar soni kamayib bormoqda, fan olimpiadalaridagi natijalar pasaygan, toʻgaraklar muntazam ishlamaydi va koʻpchiligi faqat “reja uchun” ochilgan. Oʻquvchilar uchun qoʻshimcha rivojlanish muhitlari yetarli emas. Shu sababli ota-onalar farzandlarini boshqa maktablarga oʻtkazish haqida oʻylay boshlagan.
Direktor bu muammoni pedagoglardan koʻradi va bir necha yangi toʻgarak ochishni buyuradi, biroq mavjud muhit, resurslar, qiziqishlar va strategik ehtiyojlar tahlil qilinmaydi. Yangi toʻgaraklar ham bir necha oy ichida oʻquvchi yigʻolmaydi va yopilib ketadi.
Tekshiruv o‘tkazilganda aniqlanadi: maktabda rivojlantirish strategiyasi, isteʼdodli oʻquvchilar bilan ishlash boʻyicha yillik konsepsiya, ehtiyojlar tahlili va SMART maqsadlar mavjud emas. Shuningdek, SWOT asosida maktabning haqiqiy kuchli va zaif tomonlari baholanmagan, hamkorlik uchun tashqi imkoniyatlar (IT markaz, badiiy maktab, sport boʻlimlari, mahalla muassasalari) oʻrganilmagan.