4 – AMALIY KEYS: Situatsion boshqaruv yondashuvlari asosida murakkab holatlarni tahlil qilish va samarali yechimlar ishlab chiqish
Bir oʻquvchi ota-onasi oʻqituvchining dars jarayonida haddan tashqari talabchanligi va bola ruhiyatiga bosim oʻtkazayotgani haqida shikoyat qiladi. Direktor holatni tezda hal qilish maqsadida vaziyatni faqat ota-onaning talqini asosida baholaydi va oʻqituvchini darhol ogʻzaki ogohlantiradi. Oʻqituvchi esa oʻziga nisbatan adolatsizlik boʻlganini, dars jarayonidagi haqiqiy holat oʻrganilmaganini bildiradi.
Keyinchalik aniqlanadiki, vaziyatda ota-onaning subyektiv qarashi mavjud boʻlgan, dars jarayonida jiddiy buzilish boʻlmagan, muammo esa notoʻgʻri kommunikatsiya va tushunmovchilikdan kelib chiqqan. Bir tomonlama qaror esa jamoada ishonchning pasayishiga, oʻqituvchining motivatsiyasining tushishiga va konfliktning kuchayishiga sabab boʻladi.