3 – AMALIY KEYS: Strategik fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish texnologiyalari
Vaziyat Tavsifi
Maktabda oxirgi ikki yil davomida yosh oʻqituvchilar tez-tez ish joyini almashtirib ketmoqda. Direktor bu holatni “yoshlar barqaror emas” deb baholab, bir necha qisqa muddatli choralarni - dars kuzatuvlarini koʻpaytirish, hisobotlarni talab qilish va sinflar oʻrtasida pedagoglarni qayta taqsimlashni joriy etadi.
Ammo vaziyat oʻzgarmaydi: ikki nafar oʻqituvchi yana ishdan ketadi, qolganlar esa motivatsiya pastligini bildiradi.
Keyinchalik maʼlum boʻladiki, maktabda professional rivojlanish strategiyasi yoʻq, ustuvor maqsadlar aniq belgilanmagan va risklar oldindan tahlil qilinmagan. Shu sababli qabul qilingan qarorlar muammoning ildiziga emas, faqat tashqi koʻrinishiga qaratilgan boʻladi.
Qaror qabul qilishga oid savollar
-
01Direktorning vaziyatni yuzaki baholashi strategik fikrlashning qaysi elementlari yetishmasligidan dalolat beradi?
-
02Pedagoglar almashinuvi sabablarini aniqlash uchun qaysi tahliliy vositalardan foydalanish lozim edi?
-
03Professional rivojlanishni yoʻlga qoʻyish uchun maktab rahbari qanday SMART maqsadlarni belgilashi mumkin?
-
04Jamoaning motivatsiyasini oshirish va barqarorlikni tiklash uchun rahbar qanday strategik qarorlar ketma-ketligini amalga oshirishi kerak?
-
05Kelgusida xodimlar almashinuvi kamayishi uchun maktabda qanday ichki boshqaruv mexanizmlari joriy etilishi zarur?