Xalqaro Tajriba va Strategiya

2 – AMALIY KEYS: Ta’limda strategik boshqaruvning zamonaviy konsepsiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalar

Vaziyat Tahlili

Maktabda ta’lim sifati pasaygani, ota-onalar murojaatlari ko‘paygani va o‘quvchilar natijalari barqaror emasligi haqida tuman bo‘limi og‘zaki ogohlantirish beradi. Direktor esa muammoni asosan “o‘qituvchilarning mas’uliyati pastligi” bilan izohlaydi va bir nechta tezkor choralar belgilaydi: dars kuzatuvlarini keskin ko‘paytirish, hisobotlarni talab qilish, majlislar sonini oshirish.

Ammo maktabda strategik rivojlanish rejasi yoʻq, jamoaning umumiy maqsadi shakllantirilmagan, ichki monitoring tizimi muntazam ishlamaydi. Oʻqituvchilar yuklama ortgani, lekin muammo ildizi aniqlanmagani haqida norozilik bildiradi.

Tuman bo‘limi tekshiruvida aniqlanadi: Maktab rahbari SWOT tahlilini oʻtkazmagan, xalqaro strategik boshqaruv yondashuvlaridan foydalanmagan, oʻqituvchilar bilan hamkorlikda vizion va maqsadlar belgilanmagan. Choralar qisqa muddatli boʻlgani sababli natija bermagan.

Qaror qabul qilishga oid savollar