Vaziyat: Maktabda “Toza maktab”, “Chiqindisiz hafta”, “Tabiatni asraylik” kabi tadbirlar bir necha bor o‘tkazilgan. Tadbir kunlari o‘quvchilar hovlini tozalaydi, sinflar bezatiladi, ekologik vaziyatlar haqida ko‘plab faktlar aytiladi. O‘sha paytda o‘quvchilar ham, o‘qituvchilar ham faol bo‘ladi.
22 – AMALIY KEYS: Ta’lim tashkilotlarida ekologik madaniyatni shakllantirish
Biroq tadbirlar tugashi bilan hammasi yana eski holatiga qaytadi. Hovli va yo‘laklarda plastik idishlar hamda qog‘ozlar yana ko‘rina boshlaydi. Chiqindi qutilariga barcha chiqindilar aralashtirib tashlanadi.
Kundalik tejamkorlik ham asta-sekin unutiladi. Tanaffus paytida sinf xonalarida chiroqlar o‘chmay qoladi, ayrim elektr jihozlari keraksiz vaqtda ham ishlab turadi. Koridor yoki hojatxonadagi kranlardan ba’zilari tomchilab oqib qolaveradi, biroq bunga ko‘pchilik “arzimagan muammo” sifatida qaraydi.
Bu holatlar rahbariyatga bir necha bor yetkazilgan. Direktor o‘rinbosari yig‘ilishlarda ogohlantirib eslatib turadi, ba’zan sinflarga kirib xonalarni toza tutish haqida tanbeh beradi. Shunga qaramay, bu gaplar faqat bir-ikki kun ta’sir qiladi, keyin esa vaziyat yana avvalgidek davom etaveradi.
Qaror qabul qilishga oid savollar
1
Nega maktabda tadbir o‘tkazilganda hamma harakat qiladi, lekin odatiy kunlarda hammasi unutiladi?
2
Ogohlantirish va tanbeh nima uchun doimiy natija bermayapti?
3
Agar siz maktab direktori bo‘lsangiz, ushbu vaziyatni o‘zgartirish uchun birinchi navbatda ishni nimadan boshlagan bo‘lardingiz?
4
Chiqindilarni aralashtirmasdan tashlashni o‘rgatish uchun maktabda qanday eng oddiy va tushunarli tartib joriy etish mumkin?
5
Chiroqni o‘chirish va suvni behuda oqizmaslik kabi odatlarni o‘quvchilar uchun majburiyat emas, balki tabiiy odatga aylantirishga qanday erishish mumkin?
6
O‘qituvchilar va sinf rahbarlari bu jarayonda faqat ma'lumot beruvchi emas, balki amalda ko‘rsatuvchi bo‘lishi uchun ularga qanday aniq vazifalar yuklash kerak?