Vaziyat: Maktab yangi pedagoglarni ishga qabul qilish jarayonini tezlashtirish maqsadida sun’iy intellekt asosidagi rezyume saralash tizimini ishga tushiradi. Tizim barcha arizalarni avtomatik baholab, “eng mos 10 nafar nomzod” ro‘yxatini shakllantiradi. Dastlab vaqt tejash, jarayon tezlashgan imkoniyatlari va byurokratiya kamaygandek tuyuladi. Ammo bir muddat o‘tgach, direktor natijalarda g‘alati takrorlanishni sezadi.
18 – AMALIY KEYS: Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida strategik qarorlar qabul qilish
Sun’iy intellekt doim yosh nomzodlarni yuqoriga, katta yoshdagilarni pastga joylashtirgan, ayol nomzodlarning aksariyati esa “past moslik” deb baholangan. Tizim pedagogning sifatini baholashda “raqamli kompetensiya” mezoniga haddan tashqari katta vazn bergani, dars berish metodikasi yoki auditoriya bilan ishlash tajribasiga esa yetarlicha e’tibor bermagani ma’lum bo‘ladi. Eng muhim muammo tizim qarorlari izohlanmagan, ya’ni nima uchun bunday baho qo‘yilgani tushuntirilmagan.
Natijada direktor oldida muhim savol paydo bo‘ladi avtomatlashtirilgan jarayon tezlik berayotgan bo‘lsa-da, qarorlarning adolatli va shaffof ekani qanchalik kafolatlanmoqda?
Qaror qabul qilishga oid savollar
1
SI tizimining yosh va gender bo‘yicha noto‘g‘ri saralashiga nima sabab bo‘lishi mumkin?
2
SI qarorlarining izohlanmasligi sharoitida, rahbar tizimning qaysi jihatlari bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv yoki auditni boshlashi kerak?
3
Tizimdagi bias (tarafkashlik) belgilari aniqlangan taqdirda, rahbar SI’dan foydalanishni vaqtincha to‘xtatishi kerakmi yoki monitoring jarayonini davom ettirib, qo‘shimcha tekshiruv bilan ishlashi kerakmi?
4
Kadrlarni tanlashda SI faqat yordamchi bo‘lishi uchun qanday ikki mexanizmni joriy etish mumkin?
5
SI jarayonida tenglik, adolat va shaffoflikni ta’minlash uchun maktabning ichki siyosatiga qanday o‘zgarishlar kiritilishi lozim?