17– AMALIY KEYS: Raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim muassasasida innovatsion ekotizim yaratish

Vaziyat: Direktor e-maktab tizimidan foydalanish bo‘yicha ichki monitoring o‘tkazganda shuni aniqlaydiki, aksariyat o‘qituvchilar elektron kundalikni faqat “baho qo‘yish” va “kunlik reja yuklash” uchun ishlatadi, holos. Tizimdagi ma’lumotlarning eng katta qiymati o‘quvchilarning o‘sish dinamikasi, baholardagi keskin pasayish yoki ko‘tarilishlar, dars davomati bo‘yicha hech qanday tahlil qilinmaydi. Masalan, bir o‘quvchi 2 hafta davomida muntazam past baho olib kelayotgan bo‘lsa ham, o‘qituvchi bunga e’tibor bermaydi.
Sinf rahbarlari ham e-maktabdagi statistik ma’lumotlardan foydalanib, o‘z sinfi bo‘yicha erta ogohlantirish yoki profilaktika choralarini ko‘rmaydi, chunki tizimdan tahliliy foydalanish ko‘nikmasi rivojlanmagan. Natijada e-maktab real monitoring vositasi bo‘lish o‘rniga oddiy “raqamli daftar”ga aylanib qoladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, maktabda texnologiya mavjud, ammo raqamli pedagogika, ma’lumot bilan ishlash madaniyati va tahliliy qaror qabul qilish ko‘nikmalari shakllanmagani sababli innovatsion ekotizim rivojlana olmayapti.

Qaror qabul qilishga oid savollar

1
O‘qituvchilarning e-maktabdan faqat baho kiritish vositasi sifatida foydalanishi maktabda data-driven boshqaruvning qaysi bo‘g‘inlarini izdan chiqaradi?
2
O‘quvchi natijalari keskin pasayganida e-maktabdagi ma’lumotlardan foydalanilmagani qanday pedagogik muammolarga olib keladi?
3
Sinf rahbarlari e-maktab ma’lumotlaridan foydalanishni kengaytirish uchun qanday ikki mexanizmni joriy etish mumkin?
4
E-maktabni “raqamli daftar” emas, real monitoring vositasiga aylantirish uchun rahbar sifatida qaysi uchta tizimli o‘zgarishni boshlaysiz?
5
O‘qituvchilarda ma’lumot bilan ishlash madaniyatini shakllantirish maktabning innovatsion ekotizimiga qanday ta’sir qiladi?