16 – AMALIY KEYS: Ijtimoiy-emotsional ta’lim (SEL) asoslarini joriy etish

Vaziyat: Maktabda 8–9-sinflarda bir nechta o‘quvchi Telegram guruhlarida masxara, haqoratli stikerlar va xo‘rlovchi izohlar bo‘lgan xabarlar tufayli ruhiy bosimga tushganini bildiradi. Ayrim o‘quvchilar darslarga kelmay qo‘yadi, boshqalari esa o‘zini aybdor his qilib, sukut saqlashni afzal ko‘radi. Ota-onalar maktab rahbariyatidan qat’iy choralar talab qiladi. Direktor tekshiruv jarayonida muammo faqat “telefon intizomi”dan iborat emasligini ko‘radi: maktabda raqamli etika, internetda xavfsiz muloqot, tengdoshlar bosimiga qarshi turish, empatiya va mas’uliyatli qaror qabul qilishga doir muntazam SEL mashg‘ulotlari mavjud emas.
Sinf rahbarlari kiberbullingni shunchaki intizomiy buzilish sifatida baholagan, mediatsiya tizimi ishlamagan, o‘quvchilar o‘rtasida ochiq va xavfsiz dialog tashkil etilmagan. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, asosiy muammo internetda emas o‘quvchilarda “ijtimoiy ong”, “munosabatlarni boshqarish”, “o‘zini boshqarish” va “mas’uliyatli qaror qabul qilish” kabi SEL kompetensiyalari shakllanmagani kiberbullingning kuchayishiga olib kelgan.

Qaror qabul qilishga oid savollar

1
Direktor aniqlagan holatlarga ko‘ra, kiberbullingni faqat “intizom muammosi” sifatida talqin qilish qaysi boshqaruv xatolariga olib kelgan?
2
Ushbu vaziyatda o‘quvchilarda qaysi SEL kompetensiyalari yetishmayotgani aniq ko‘rinmoqda?
3
Kiberbullingning oldini olish uchun maktabda raqamli etika va xavfsiz muloqot bo‘yicha qanday ikki tizimli mashg‘ulotni joriy etish lozim?
4
Mediatsiya tizimining yo‘qligi nizolarning chuqurlashishiga qanday ta’sir qilgan va uni qay tarzda joriy qilish mumkin?
5
Rahbar sifatida SELni maktabning tarbiyaviy ishlar, sinf rahbarlari faoliyati va psixologik xizmatga integratsiya qilish uchun uchta ustuvor mexanizmni belgilang.