14 – AMALIY KEYS: TIMSS bo‘yicha fanlar kesimida uzilishlar aniqlangan maktab

Vaziyat: Maktabda TIMSS mezonlariga tayangan holda 4- va 8-sinf o‘quvchilariga diagnostik testlar o‘tkaziladi. Natijalar matematika bo‘yicha “bilish” (knowing) darajasida yuqori bo‘lsada, “qo‘llash” (applying) va “mulohaza yuritish” (reasoning) darajalarida past natijalar ko‘rsatiladi. O‘qituvchilar darslarni asosan mavzuni tushuntirish va misol yechish bilan cheklab, real hayot bilan bog‘liq masalalar yoki mantiqiy tahlil talab qiladigan topshiriqlarga kam vaqt ajratgan.
Tahlilda yana shunday aniqlanadiki, ayrim sinflarda laboratoriya ishlari, tajribalar va o‘quv qurollaridan foydalanish minimal darajada. Direktorga taqdim etilgan hisobotlarda esa faqat “o‘rtacha ball” aks ettirilgan, TIMSSning kontent va kognitiv domenlari bo‘yicha tahlil yo‘q. Bu holat fan birlashmalarida “qayerda uzilish bor?” degan strategik savolga aniq javob bo‘lmasligiga olib keladi.

Qaror qabul qilishga oid savollar

1
TIMSSning kontent va kognitiv domenlarini hisobga olmaslik qaysi boshqaruv xatolariga olib keladi?
2
“Bilish” darajasi yuqori bo‘lsa-da, nega “qo‘llash” past bo‘lib chiqishi mumkin?
3
Darslarda laboratoriya, tajriba va real vaziyat topshiriqlari ulushini oshirish uchun qanday ikki mexanizm joriy qilish mumkin?
4
Fan birlashmalarida TIMSSga mos tahlil qanday tashkil qilinishi kerak?
5
Ichki diagnostikani TIMSS strukturasiga moslashtirish uchun 3 ta indikator taklif qiling.