8 – AMALIY KEYS: Pedagoglar bilan ishlashning zamonaviy boshqaruv modellari

Vaziyat

Vaziyat: Maktabda so‘nggi yillarda barcha qarorlar faqat direktor tomonidan qabul qilinib kelmoqda. Pedagoglar majlislarda fikr bildirishdan cho‘chiydi, dars jarayonidagi muammolarni ochiq aytmaydi, metodik yig‘ilishlar esa faqat hisobot eshitish bilan cheklanadi.
Buning natijasida jamoada passivlik kuchayadi: yangi metodikalar bo‘yicha tashabbuslar kamayadi, ochiq darslar kam o‘tkaziladi, malaka oshirishga qatnashish faqat “reja uchun” bajariladi.
Bir necha o‘quv yili davomida o‘quvchilarning natijalari o‘rtacha darajada qolib ketadi. Tuman bo‘limi monitoringida aniqlanadi: maktabda pedagoglar bilan ishlashning zamonaviy boshqaruv modellari kouching, mentorlik, professional hamjamiyatlar, rivojlantiruvchi baholash, amaliy treninglar va refleksiya tizimlari deyarli yo‘lga qo‘yilmagan.
Asl muammo: Asl muammo shundaki, rahbarning buyruqboz va biryoqlama boshqaruvi sabab pedagoglarda tashabbus, ijodkorlik va kasbiy o‘sishga ichki motivatsiya sustlashgan.

Qaror qabul qilishga oid savollar

01
Direktorning mavjud boshqaruv yondashuvi pedagoglar faolligining pasayishiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
02
Kouching, mentorlik va professional hamjamiyatlar tizimi bo‘lganida, pedagoglarning passivligi qanday oldini olishi mumkin edi?
03
Metodik yig‘ilishlarni “hisobot yig‘ilishi”dan samarali o‘rganish platformasiga aylantirish uchun rahbar nimalarni joriy qilishi kerak?
04
Pedagoglarning tashabbussizligi va ijodkorlikning pasayishiga qarshi qaysi zamonaviy motivatsion mexanizmlar eng samarali bo‘ladi?
05
Kelgusida maktabda “hamkorlikka asoslangan boshqaruv” madaniyatini shakllantirish uchun qanday tizimli choralar ko‘rish zarur?