6 – AMALIY KEYS: Liderlik kompetensiyalari va xodimlarni motivatsiyalashning innovatsion usullari

Vaziyat:

Maktabda bir necha yildan beri ishlayotgan tajribali o‘qituvchilar va yaqinda ish boshlagan yosh pedagoglar o‘rtasida masofa ortib bormoqda. Tajribali o‘qituvchilar yangiliklarni sekin qabul qiladi, yoshlar esa o‘z takliflarini bildirishdan cho‘chiydi. Direktor bu holatni “avlodlar farqi” deb baholab, aralashmaydi. Vaqt o‘tib jamoada norasmiy guruhlar shakllanadi, metodik yig‘ilishlarda keskinlik kuchayadi, yosh pedagoglar o‘zini chetda his qilishi sabab tashabbus ko‘rsatmay qo‘yadi. O‘qituvchilar o‘rtasidagi bo‘linish pedagogik jarayon sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
Tekshiruv jarayonida vaziyatning ildizi rahbarning jamoani birlashtirish, ochiq muloqot o‘rnatish, qo‘llab-quvvatlash va motivatsiya bo‘yicha yetarli liderlik choralarini ko‘rmagani bilan bog‘liq ekani aniqlanadi.

Qaror qabul qilishga oid savollar