Maktabda bir necha yildan beri iqtidorli o‘quvchilar soni kamayib bormoqda, fan olimpiadalaridagi natijalar pasaygan, to‘garaklar muntazam ishlamaydi va ko‘pchiligi faqat “reja uchun” ochilgan. O‘quvchilar uchun qo‘shimcha rivojlanish muhitlari yetarli emas. Shu sababli ota-onalar farzandlarini boshqa maktablarga o‘tkazish haqida o‘ylay boshlagan.
Direktor bu muammoni pedagoglardan ko‘radi va bir necha yangi to‘garak ochishni buyuradi, biroq mavjud muhit, resurslar, qiziqishlar va strategik ehtiyojlar tahlil qilinmaydi. Yangi to‘garaklar ham bir necha oy ichida o‘quvchi yig‘olmaydi va yopilib ketadi.
Tekshiruv o‘tkazilganda aniqlanadi: maktabda rivojlantirish strategiyasi, iste’dodli o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha yillik konsepsiya, ehtiyojlar tahlili va SMART maqsadlar mavjud emas. Shuningdek, SWOT asosida maktabning haqiqiy kuchli va zaif tomonlari baholanmagan, hamkorlik uchun tashqi imkoniyatlar (IT markaz, badiiy maktab, sport bo‘limlari, mahalla muassasalari) o‘rganilmagan.