4 – AMALIY KEYS: Situatsion boshqaruv yondashuvlari asosida murakkab holatlarni tahlil qilish va samarali yechimlar ishlab chiqish
Bir o‘quvchi ota-onasi o‘qituvchining dars jarayonida haddan tashqari talabchanligi va bola ruhiyatiga bosim o‘tkazayotgani haqida shikoyat qiladi. Direktor holatni tezda hal qilish maqsadida vaziyatni faqat ota-onaning talqini asosida baholaydi va o‘qituvchini darhol og‘zaki ogohlantiradi. O‘qituvchi esa o‘ziga nisbatan adolatsizlik bo‘lganini, dars jarayonidagi haqiqiy holat o‘rganilmaganini bildiradi.
Keyinchalik aniqlanadiki, vaziyatda ota-onaning subyektiv qarashi mavjud bo‘lgan, dars jarayonida jiddiy buzilish bo‘lmagan, muammo esa noto‘g‘ri kommunikatsiya va tushunmovchilikdan kelib chiqqan. Bir tomonlama qaror esa jamoada ishonchning pasayishiga, o‘qituvchining motivatsiyasining tushishiga va konfliktning kuchayishiga sabab bo‘ladi.