1 - AMALIY KEYS: Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida boshqaruv faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari
Vaziyat
Maktabda darslarga kechikishlar ko‘paygani sababli direktor “muntazam 3 marta kechikkan o‘quvchini darsga kiritmaslik” bo‘yicha ichki tartibni joriy etadi. Buyruq shoshilinch chiqariladi, ammo u Maktab Ustavi, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun va amaldagi tartib-qoidalarga mosligi oldindan o‘rganilmaydi.
Yangi tartib qo‘llanila boshlagan ilk kunda bir nechta o‘quvchi darsga kiritilmaydi. Ayrim o‘quvchilar koridorda qolib ketadi, ayrimlari uyiga qaytib ketadi. Ota-onalar bu holatni o‘quvchilarning ta’lim olish huquqini cheklash sifatida baholab, tuman bo‘limiga murojaat qiladi.
Tekshiruv o‘tkazilgach, ichki buyruqning huquqiy asosi yo‘qligi, tartib o‘quvchi huquqlariga zid ekani hamda amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos emasligi aniqlanadi va direktorning qarori bekor qilinadi.
Qaror qabul qilishga oid savollar
-
Direktorning joriy qilgan tartibi qaysi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarga zid bo‘lishi mumkin?
-
O‘quvchini darsga kiritmaslik o‘rniga qonuniy va xavfsiz muqobil choralar qanday bo‘lishi kerak edi?
-
Ichki tartibga o‘zgartirish kiritilganda kimlar bilan maslahatlashilishi va qaysi tartibda rasmiylashtirilishi lozim?
-
Ota-onalar norozilik bildirganda direktor qanday tezkor va huquqiy to‘g‘ri choralarni ko‘rishi kerak edi?
-
Kelgusida shunday xatoliklar takrorlanmasligi uchun maktabda qanday normativ tartib va ichki mexanizmlarni joriy qilish zarur?