GLOSSARIY

Ta'lim terminlari lug'ati

Psixologik ma’rifat va tashviqot

+
Ta’lim jarayonida psixologik bilimlarni ommalashtirish, o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchilar savodxonligini oshirish.

Psixologik-pedagogik tashxis

+
O‘quvchilar qobiliyati, moyilligi va rivojlanish xususiyatlarini aniqlash hamda tahlil qilish jarayoni.

Psixologik profilaktika

+
Huquqbuzarlik, nizolar, salbiy emotsiyalar va ruhiy zo‘riqishlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.

Psixologik korreksiya

+
Shaxs rivojlanishidagi salbiy og‘ishlarni tuzatish va xulq-atvorni ijobiy yo‘naltirish faoliyati.

Psixologik maslahat

+
O‘quvchi, ota-ona va pedagoglarga muammolarni hal etishda yordam beruvchi amaliy maslahat va yo‘l-yo‘riqlar.

Kasb-hunarga yo‘naltirish

+
O‘quvchilarni qiziqishi va qobiliyatlari asosida to‘g‘ri kasb tanlashga psixologik ko‘mak berish jarayoni.

Psixologik xizmat

+
Ta’lim muassasalarida shaxs rivoji, moslashuvi va psixologik xavfsizlikni ta’minlovchi tizimli faoliyat.

Psixologik madaniyat

+
Jamoada sog‘lom psixologik muhit, hissiy barqarorlik va to‘g‘ri munosabatlarni shakllantirish darajasi.

Psixologning huquq va majburiyatlari

+
Psixologning kasbiy sirni saqlash, maslahat berish, tuzatish ishlari va qonuniy normalarga amal qilish majburiyatlari.

Benchmarking

+
Boshqa maktab yoki tashkilotlarning KPI natijalarini tahlil qilish orqali o‘z faoliyatini solishtirish va yaxshilash jarayoni.

Dashboard

+
KPI ko‘rsatkichlarini vizual tarzda kuzatish uchun ishlatiladigan elektron panel yoki dasturiy vosita.

Yakuniy maqsad (Outcome)

+
KPI orqali erishilishi kutilayotgan asosiy natija.
Misol: O‘quvchilar bilim darajasini 6 oy ichida sezilarli darajada oshirish.

🔍 Qidirilgan so'z topilmadi

12 ta termin mavjud