GLOSSARIY

Ta'lim terminlari lug'ati

Atom elektr stansiyasi (AES)

+
Uran, plutoniy kabi yadro yoqilg‘ilaridan foydalanib issiqlik hosil qiladigan va undan elektr energiyasi ishlab chiqariladigan inshoot. Ekologik jihatdan toza bo‘lsa-da, avariya xavfi yuqori.

Biomassa energiyasi

+
O‘simlik va hayvon chiqindilaridan (yog‘och, somon, go‘ng, organik chiqindilar) olinadigan qayta tiklanadigan energiya turi.

Energiya samaradorligi

+
Biror tizim yoki texnologiyada energiya resurslarini minimal yo‘qotish bilan eng ko‘p foyda olish darajasi.

Energiya tejash madaniyati

+
Jamiyatda energiya sarfini kamaytirish, tejamkor texnologiyalardan foydalanish va resurslarni isrof qilmaslikka oid qarashlar va odatlar majmui.

Gidroelektrostansiya (GES)

+
Daryo yoki suv ombori oqimidan foydalanib elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiya. Ekologik muammolari: suv toshishi, baliq migratsiyasiga to‘sqinlik, tuproq eroziyasi.

Issiqlik elektr stansiyasi (IES)

+
Ko‘mir, gaz, mazut kabi yoqilg‘ilarni yoqish orqali energiya ishlab chiqaradigan inshoot. Atmosfera ifloslanishi va CO₂ chiqindilari yuqori.

Radioaktiv chiqindi

+
Yadro energetikasi jarayonida hosil bo‘ladigan va nurlanish xususiyatini saqlab qoladigan xavfli moddalar. To‘g‘ri saqlanmasa biosfera uchun katta tahdid tug‘diradi.

Radioaktiv ifloslanish

+
Tabiiy yoki antropogen manbalar natijasida havo, suv, tuproq va organizmlarda radioaktiv elementlarning ortiqcha to‘planishi.

Shamol energetikasi

+
Shamol oqimlarining mexanik kuchidan foydalanib elektr energiyasi ishlab chiqarish texnologiyasi. Ekologik toza energiya turi.

Termal ifloslanish

+
Issiqlik elektr stansiyalaridan chiqadigan ortiqcha issiqlikning suv yoki atmosfera muhitiga tushishi natijasida ekologik muvozanat buzilishi.

Vodorod energetikasi

+
Vodorodni yonilg‘i sifatida ishlatib energiya olish tizimi. Yonish jarayonida faqat suv bug‘i hosil bo‘lgani uchun ekologik toza hisoblanadi.

Yadro energetikasi

+
Atom yadrosining bo‘linishi yoki sintezi jarayonida ajraladigan katta miqdordagi energiyani amaliy foydalanishga yo‘naltirish.

Yashil energetika

+
Qayta tiklanadigan va ekologik toza energiya manbalaridan (quyosh, shamol, biomassa, geotermal) foydalanishga asoslangan konsepsiya.

Yonilg‘i-energetika balansi

+
Mamlakat yoki hududda turli energiya manbalaridan foydalanishdagi ulush va nisbatlarni ifodalovchi ko‘rsatkich.

Quyosh energetikasi

+
Quyosh nurlaridan fotoelektrik panellar yoki issiqlik kollektorlar orqali elektr va issiqlik energiyasi olish texnologiyasi.

🔍 Qidirilgan so'z topilmadi

15 ta termin mavjud