GLOSSARIY

Ta'lim terminlari lug'ati

Antropogen bosim

+
Inson faoliyati natijasida tabiatga tushayotgan yuklama, masalan, sanoat, transport, chiqindilar.

Barqaror rivojlanish

+
Ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik taraqqiyotni kelajak avlod ehtiyojlarini hisobga olgan holda tashkil etish.

Cheklovchi ekologik innovatsiya

+
Chiqindilarni qayta ishlash asosiy ishlab chiqarish chiqindilaridan orqada qoladigan innovatsiya turi.

Demografik dinamika

+
Aholi soni va tarkibining vaqt davomida o‘zgarish jarayoni.

Ekologik inqiroz

+
Tabiiy resurslar kamayishi, iqlim o‘zgarishi va ifloslanish oqibatida ekotizimlarning izdan chiqishi.

Ekologik kompetensiya

+
O‘quvchining ekologik muammolarni anglash, baholash va yechim topish qobiliyatlari majmui.

Ekologik ong

+
Insonning tabiatga munosabatini belgilovchi bilim, qadriyat va mas’uliyat hissi.

Ekologik savodxonlik

+
Ekologik bilimlarni amaliyotda qo‘llash, barqaror hayot tarzi tamoyillarini tushunish va qo‘llash ko‘nikmasi.

Eko-innovatsiya

+
Atrof-muhitga ta’sirni kamaytiruvchi yangi texnologiya, g‘oya yoki boshqaruv mexanizmi.

Eko-logistika

+
Transport va ta’minot zanjirida chiqindi va CO₂ miqdorini kamaytirishga yo‘naltirilgan boshqaruv.

Eko-menejment (ISO 14001)

+
Tashkilot faoliyatini ekologik samaradorlikka yo‘naltiruvchi boshqaruv tizimi.

Eko-startap

+
Ekologik muammolarga yechim taklif etuvchi kichik biznes tashabbusi.

Fanlararo fikrlash

+
Ekologik muammolarni bir nechta fan nuqtai nazaridan tahlil qilish yondashuvi.

Innovatsiya tasnifi

+
Yangiliklarni iqtisodiy xususiyati, samaradorligi, muddatlari va qo‘llanish doirasiga qarab guruhlash.

Ijodkorlik va hamkorlik

+
Eko-innovatsiyalarni amalga oshirishda davlat, biznes, fan, ta’lim va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlik tamoyili.

Iqlim o‘zgarishi

+
Atmosferadagi issiqxona gazlari ortishi natijasida global haroratning ko‘tarilishi jarayoni.

O‘rta muddatli eko-innovatsiyalar

+
Qoplash muddati 3–10 yil bo‘lgan, asosan o‘rta va yirik korxonalar bazasida amalga oshiriladigan innovatsiyalar.

Qiska muddatli eko-innovatsiyalar

+
3 yildan oshmagan davrda o‘zini qoplaydigan kichik biznesga xos yangiliklar.

Tizimli fikrlash

+
Ekologik muammolarni sabab-oqibat zanjirlari va tizimlararo aloqalar asosida tahlil qilish usuli.

Uzoq muddatli eko-innovatsiyalar

+
Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan, qoplash muddati 10 yildan ortiq bo‘lgan strategik yangiliklar.

Yashil kimyo

+
Xavfli moddalardan foydalanishni kamaytiruvchi va chiqindisiz texnologiyalarni rivojlantiruvchi kimyo sohasi.

Yashil maktab dasturi

+
Ta’lim muassasalarida quyosh panellari, energiya tejamkor texnologiyalar va ekologik o‘quv dasturlarni joriy qilish tashabbusi.

Yashil tafakkur

+
Ekologik mas’uliyatli qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan dunyoqarash.

🔍 Qidirilgan so'z topilmadi

23 ta termin mavjud