GLOSSARIY

Ta'lim terminlari lug'ati

Hissiy xavfsizlik

+
Ta’lim jarayonida o‘quvchi o‘zini tahqir, masxara, tahdid va bosimdan himoyalangan his etadigan holat. Bu ishonch, hamkorlik va o‘zini erkin ifodalash uchun zarur poydevor hisoblanadi.

G‘amxo‘rlik madaniyati

+
O‘quvchilarga hurmat va e’tibor ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash va ishonchli muhit yaratishga qaratilgan o‘qituvchi va pedagogik jamoa qadriyatlari tizimi.

Qabul qilish va qo‘llab-quvvatlash tili

+
O‘quvchining qiyinchiliklarini inkor etmasdan, yordam taklif etuvchi va ijobiy ohangda ifodalangan iboralar tizimi.
Masalan: “Keling, nimada qiyinchilik bo‘lganini birgalikda aniqlaymiz.”

Tanlash imkoniyati

+
O‘quvchiga vazifani bajarish usuli bo‘yicha variantlar berish (masalan, og‘zaki javob yoki yozma), bu xavotirni kamaytiradi va faollikni oshiradi.

Muntazam teskari aloqa

+
O‘quvchining yutuqlari va rivojlanish dinamikasini izchil kuzatib, rag‘batlantiruvchi mulohazalar berish.
Masalan: “Bugun ishonch bilan gapirganingni sezdim.”

Hissiy xavfsizlik belgilari

+
Savol berishdan qo‘rqmaslik, xatolarni tan olish, g‘oya taklif qilish, bir-biriga yordam ko‘rsatish, qiyinchiliklar haqida ochiq gapira olish.

His-tuyg‘ularni qabul qilish

+
O‘quvchilarning kayfiyatini e’tiborsiz qoldirmasdan, zo‘riqishni kamaytirishga yordam beradigan yondashuv.
Masalan:“Xafa ko‘rinasan. O‘zingga kelishing uchun ozgina vaqt kerakmi?”

Refleksiya

+
O‘qituvchining o‘z amaliyotini tahlil qilib, hissiy xavfsizlikni ta’minlashdagi kuchli va zaif jihatlarni aniqlash jarayoni.

🔍 Qidirilgan so'z topilmadi

8 ta termin mavjud